Koronavirus bilan kasallanish holati 100 dan oshib ketdi
Jamiyat
−
19 iyun 2022
10118Kecha, 18 iyun holatiga O‘zbekistonda 108 kishida (poytaxt Toshkentning o‘zida 85 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 3 nafari Andijon viloyatida;
• 4 nafari Buxoro viloyatida;
• 3 nafari Jizzax viloyatida;
• 1 nafari Samarqand viloyatida;
• 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 10 nafari Toshkent viloyatida;
• 85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Pandemiya boshlanganidan buyon esa O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 239,6 mingtani tashkil etdi.
LiveBarchasi