Koronavirus aslida biologik qurol ekanligi rostmi?
Jamiyat
−
27 iyul 2020
26962Yangi koronavirus ilk bor Xitoyda aniqlangani va uning dunyoga tarqalish markazi bo‘lgani uchun virusning paydo bo‘lishi haqida turli taxminlar paydo bo‘ldi. Ba’zilar uni xitoliklarning o‘zi ixtiro qilgan desa, boshqalar virus tadqiqot uchun yaratilgan va laboratoriyadan tasodifan chiqib ketgan deydi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov brifingda fuqarolar savollariga javob berayotganda virus Xitoyning bakteriologik quroli ekani haqidagi taxminlarga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Rasmiy versiya quyidagicha: yangi virus tarqalishining manbasi taxminan Uxandagi dengiz mahsulotlari, shuningdek, yovvoyi va ekzotik hayvonlar (bo‘ri, tulki, ilonlar, ko‘rshapalak va hokazo) go‘shti savdosi bilan shug‘ulllanadigan shahar bozori hisoblanadi.
Tabiatda aynan ko‘rshapalaklar koronavirus infeksiyasining asosiy tashuvchisi hisoblanadi.
Fikrimcha, koronavirus Xitoy biologik quroli emas, chunki aynan Xitoy o‘z vaqtida ushbu pandemiyadan o‘ta jiddiy aziyat chekkan”, dedi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirus 2019 yilning noyabr oyi o‘rtalarida tarqala boshlagan. Dekabr oxirida hukumat rasman epidemiya boshlanganini ma’lum qilgan. Yanvar-mart oylari davomida virus butun dunyoga tarqalib ketdi. Xitoyda epidemiologik vaziyat mart oyi oxirlarida yaxshilandi. Mamlakatda karantin cheklovlari bekor qilingan.
LiveBarchasi