Koronavirus: 500 ga yaqin yangi bemor aniqlandi, 3 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
03 iyul 2021
6668Kecha, 2 iyul kuni O‘zbekistonda 482 kishida koronavirus aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 2 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 482 kishiga ortib, 112 130 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 38 nafari Andijon viloyatida,
- 45 nafari Buxoro viloyatida,
- 29 nafari Jizzax viloyatida,
- 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 8 nafari Navoiy viloyatida,
- 25 nafari Namangan viloyatida,
- 32 nafari Samarqand viloyatida,
- 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 29 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 34 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 9 nafari Xorazm viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
- Andijon viloyatida 69 nafar,
- Buxoro viloyatida 17 nafar,
- Jizzax viloyatida 30 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
- Namangan viloyatida 15 nafar,
- Samarqand viloyatida 101 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 28 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
- Xorazm viloyatida 40 nafar,
- Toshkent viloyatida 41 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108404 (+395) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 745 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi