Koronavirus: 475 nafar yangi bemor aniqlandi, o‘lim soni yana yuqori
Jamiyat
−
05 iyul 2021
6691Kecha, 4 iyul kuni O‘zbekistonda 475 nafar kishida kasallik aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 4 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 475 kishiga ortib, 113 072 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 19 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 26 nafari Andijon viloyatida,
- 27 nafari Buxoro viloyatida,
- 54 nafari Jizzax viloyatida,
- 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Navoiy viloyatida,
- 28 nafari Namangan viloyatida,
- 44 nafari Samarqand viloyatida,
- 26 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 29 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 25 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 15 nafari Xorazm viloyatida,
- 51 nafari Toshkent viloyatida,
- 108 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
- Buxoro viloyatida 44 nafar,
- Jizzax viloyatida 22 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 14 nafar,
- Namangan viloyatida 26 nafar,
- Samarqand viloyatida 68 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 40 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 39 nafar,
- Toshkent viloyatida 39 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109068 (+304) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 751 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi