Koronavirus: 3 hududda ko‘rsatkich yuqori, 400 ga yaqin yangi bemor aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 393 kishiga ortib, 91 643 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kasallik qayd qilinishi yuqoriligicha qolmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 6 nafari Andijon viloyatida;
  • 4 nafari Buxoro viloyatida;
  • 8 nafari Jizzax viloyatida;
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 5 nafari Namangan viloyatida;
  • 72 nafari Samarqand viloyatida;
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 8 nafari Xorazm viloyatida;
  • 46 nafari Toshkent viloyatida;
  • 216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar;
  • Buxoro viloyatida 8 nafar;
  • Jizzax viloyatida 19 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar;
  • Navoiy viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 8 nafar;
  • Samarqand viloyatida 64 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 17 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
  • Xorazm viloyatida 5 nafar;
  • Toshkent viloyatida 44 nafar;
  • Toshkent shahrida 128 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87628 (+315) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 652 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3363 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing