Koronavirus: 2 bemor vafot etdi, kasallikka chalinganlar 97 mingdan oshdi
Jamiyat
−
18 may 2021
4715O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 ming nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 17 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 175 kishiga ortib, 97 068 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 6 nafari Buxoro viloyatida;
- 14 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 3 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 20 nafari Samarqand viloyatida;
- 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 2 nafari Xorazm viloyatida;
- 10 nafari Toshkent viloyatida;
- 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 7 nafar;
- Jizzax viloyatida 1 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
- Navoiy viloyatida 4 nafar;
- Samarqand viloyatida 25 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 14 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 4 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
- Xorazm viloyatida 7 nafar;
- Toshkent viloyatida 54 nafar;
- Toshkent shahrida 149 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92 582 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 672 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3814 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi