Koreyalar o‘rtasidagi 71 yillik urush rasman tugashi mumkin

Olam

image

Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urushga rasman nuqta qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In bugun, 13 dekabr kuni Avstraliyadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Koreya Respublikasi Prezidenti rasmiy davlat tashrifi bilan Avstraliyada bo‘lib turibdi. U Avstraliya Bosh vaziri Skot Morrison bilan o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishda, agar KXDR rahbari rozi bo‘ladigan bo‘lsa, ikki Koreya o‘rtasida urush rasman tugatilishini ta’kidladi.

Prezidentga ko‘ra, rasmiy Pxenyan va Seul AQSH hamda Xitoy vositachiligida 1950-1953 yillarda Koreya yarimorolining ikkiga bo‘linishiga sabab bo‘lgan urushni rasman tugatishi mumkin. Buning uchun faqatgina Shimoliy Koreya rahbarining o‘z talablaridan voz kechib, muzokaralar stoliga o‘tirishi kifoya.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya rahbarining singlisi Kim Yo Chjon, joriy yil sentyabr’ oyida KXDR Janubiy Koreya bilan har qanday sulhga tayyorligini ta’kidlagandi. Buning uchun u Janubiy Koreyadan AQSH harbiy bazalarini chiqarib yuborishni talab qilgan. O‘z navbatida AQSH Shimoliy Koreyaga yardo qurollaridan voz kechish haqida shart qo‘ygan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

444

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing