7 kishi sabab Koreyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar uchun karantin qoidalari kuchaytirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Janubiy Koreyaga ishlash uchun boradigan O‘zbekiston fuqarolari uchun karantin talablari kuchaytirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Endilikda agentlik fuqarolarning Koreya Respublikasiga cheklovlarsiz kirib borishini ta’minlash maqsadida quyidagi choralarni ko‘radi:

1. Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan jo‘nab ketishi tasdiqlangan fuqarolar ketishdan oldin jami 3 marta PZR testidan o‘tishlari belgilandi;

2. Fuqaroda Koreya Respublikasiga borgach, COVID-19 infeksiyasi aniqlansa, barcha xarajatlar fuqaro tomonidan amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha choralar fuqarolar Koreya Respublikasi tomonidan tan olingan vaksina bilan emlangani hamda ketishdan 72 soat oldin olingan PZR testi natijasiga ko‘ra COVID-19 infeksiyasi aniqlanmaganiga qaramasdan, Koreya Respublikasi hududida kirib borgan yurtdoshlarimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgani sabab joriy qilingan.

Xususan, 2021 yil 23-30 dekabr kunlari jo‘nab ketgan fuqarolarning 1 nafarida, 2022 yilning 6 yanvar kuni jo‘nab ketgan 98 nafar fuqaroning 6 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Agentlik shu sababli Koreya tomonidan O‘zbekiston uchun ushbu davlatga kirib boruvchi fuqarolar soni qisqarishi, hattoki vaqtinchalik to‘xtatilishi kabi cheklovlar qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing