Kopa Amerika-2021: Braziliya va Kolumbiya musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Kecha, 13 iyun kuni Braziliyada Kopa Amerika-2021 musobaqasi boshlandi. Ochilish o‘yini mezbon Braziliya hamda Venesuela terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. “Braziliya milliy stadioni”da (“Marakana”) o‘tgan uchrashuvda “to‘p afsungarlari” yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi.

Markinos 23-daqiqada burchakdan yetkazilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Neymar penaltidan unumli foydalanib hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Uchrashuv asosiy vaqti tugashiga bir daqiqa qolganida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Gabriel Barboza yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Kolumbiya va Ekvador terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. O‘yin kolumbiyaliklarning kichik hisobdagi ustunligi bilan o‘z yakuniga yetdi. Gol 42-daqiqada Edvin Kardona tomonidan kiritildi. Shu tariqa, “B” guruhida Braziliya va Kolumbiya terma jamoalari 3 ochkoga ega bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, turnirning amaldagi chempioni Braziliya hisoblanadi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing