Konsepsiya qabul qilindi: O‘zbekiston 30 ta ilg‘or mamlakat qatoriga kirmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. Ushbu farmonga muvoviq, 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Unga quyidagilar nazarda tutilgan:

•    O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

•    uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

•    o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

•    xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

•    xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;

•    yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;

•    davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

•    yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

•    xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish;

Shuningdek, Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si ham tasdiqlandi. 

•    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimovga – Konsepsiya va “Yo‘l xarita”sini ijro etish yuzasidan mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilish va o‘zaro hamkorlik qilish, “Yo‘l xarita”lari bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga – Konsepsiya va “Yo‘l xarita”sida nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish yuzasidan;

•    O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X.Shermatovga – Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing