Konteynerdan jasadi topilgan ishchilar nimadan o‘lgani aytildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida konteynerdan 2 nafar fuqaroning jasadi topilgani haqida xabar bergandik. Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati qo‘shimcha axborot berdi. 

Aniqlanishicha, “Agrokimyota’minotservis” MCHJ hududidagi yashash uchun moslashtirilgan konteynerda ikki nafar yollanma ishchi qo‘lbola usulda yasalgan pechkadan chiqqan is gazidan zaxarlanib vafot etgan.

Marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tuman hokimining “Pastdarg‘om tumanida baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2 nafar yollanma ishchi noma’lum etiologik zaharlanish oqibatida voqea joyida halok bo‘lgani aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

977

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing