Konstitutsiyaviy sud kurdparast partiyaning saylovdagi ishtirokini belgilaydi – OAV  

Olam

image

Turkiya Konstitutsiyaviy sudi o‘z yig‘ilishida kurdparast Xalq Demokratiyasi partiyasining may oyida bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlari oldidan yoki keyin tarqatilishi haqida qaror qabul qiladi. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni TRT telekanali Konstitutsiyaviy suddagi manbalariga tayanib ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Xalq Demokratiyasi partiyasi hukmni Turkiya oliy sudiga o‘tkazish uchun ariza bergan. Agar sud bu arizani ko‘rib chiqishdan bosh tortsa, mamlakatdagi millionlab kurd xalqining vakili bo‘lgan partiya prezidentlik va parlament saylovlarida qatnashish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda Turkiya Bosh prokuraturasi tomonidan Xalq Demokratiyasi partiyasiga qarshi “separatchilik faoliyati” va mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasiga aloqadorlikda ayblanib, ish qo‘zg‘atilgan. Xalq Demokratiyasi partiyasi rahbariyati esa jarayonni siyosiy motivli va konstitutsiyaga zid deb atagan. Shuningdek, 2023 yil yanvar oyi boshida Bosh prokurorning talabiga binoan partiyaning bank hisob raqamlari ham bloklangan.

Agar Turkiya Konstitutsiyaviy sudi vakillarining uchdan ikki qismi (15 nafardan) Xalq Demokratiyasi partiyasini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorga rozi bo‘lsa, qaror qabul qilingan hisoblanadi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing