Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi — Mirziyoyev

Jamiyat

image

Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu fikrlarni bugun, 8 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev referendum yakunlariga bag‘ishlangan chiqishida aytib o‘tdi. 

"Bularning barchasi – millati, tili va dinidan qat’iy nazar har bir yurtdoshimiz “qilsa bo‘lar ekan-ku”, deb o‘z ro‘zg‘ori, oilasi misolida yurtimizda yuz berayotgan katta o‘zgarishlarni yaqqol sezayotganidan dalolat emasmi?

Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol va munosib ishtirok etdilar.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”, deydi davlat rahbari. 

So‘zida davom etar ekan, Mirziyoyev endi islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaslikni, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab borishni alohida ta’kidladi. 

Albatta, xalqning referendumdagi ovozi, bildirgan yuksak ishonchi barchaga katta mas’uliyat yuklashi, el-yurtni rozi qilish uchun yangi marralarga undashi, islohotlarni jadal davom ettirishda yanada katta kuch-g‘ayrat va ilhom bag‘ishlashi qayd etildi.

"O‘zining yuksak fuqarolik burchini chin dildan ado etib, Asosiy qonunimizni qabul qilishda amaliy taklif va tashabbuslari, g‘oya va fikrlari bilan faol ishtirok etgan ko‘p millatli, mard va olijanob xalqimizga ta’zim qilaman”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing