Konstitutsiyada Prezidentlik muddatiga o‘zgartish kiritiladimi?

Jamiyat

Bugungacha Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiyaga amaldagi Bosh qomusning 90-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha taklif bildirilmagan. Bu haqda Komissiya Matbuot kotibi Odiljon Tojiyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri. 

Bugun, 28 may kuni Komissiyaning brifingi bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari Konstitutsiyaning 90-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha reja bor-yo‘qligi bilan qiziqdi. 

Tojiyevning ma’lum qilishicha, hozirgacha na Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tashabbuskor “Milliy tiklanish” va Liberal-demokratik partiyadan va na fuqarolardan taklif kelib tushgan. 

Qayd etilishicha, ayni vaqtgacha Komissiyaga 900 dan ortiq takliflar tushgan bo‘lib, ular orasida prezidentlik muddatini nazarda tutgan takliflar yo‘q. 

Ma’lumot uchun, 90-moddaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1088

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing