Kampaniyabozliklarga qaramasdan Yulduz Usmonova Moskvada konsert berdi
Madaniyat-san’at
−
14 noyabr 2019
21024O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kecha, 13 noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida navbatdagi gastrol konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur konsertga Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov ham tashrif buyurdi.
U Yulduz Usmonovaga alvon atirgullarni taqdim etarkan, gastrol konsert dasturi bilan xorijga jo‘nab ketayotgani, aeroportga otlangani, shunday bo‘lsa ham qadrdon do‘stini ko‘rmay ketolmaganini aytadi.
“U allaqachon professional xonanda sifatida shakllanib bo‘lgan, shu bois, musiqiy parvozi davom etishini tilayman, toki muxlislari yuzidan tabassum hech qachon arimasin. U haqiqiy muhabbat kuychisi, uning ijodi chegara bilmaydi. Biz hammamiz bir paytlar katta mamlakatning farzandlari edik, biroq yangi chegaralardan keyin ham muloqotimizni davom ettirib, muxlislarga quvonch baxshida etishda davom etyapmiz”, deydi Kirkorov.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining yubileyiga bag‘ishlangan ilk konsert dasturini Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" majmuasida o‘tkazdi. Mazkur konsert dasturining chiptalari qimmatligi, Yulduz Usmonovaning muxlisi bo‘lgan oddiy o‘zbek migrantlari uchun og‘irlik qilishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar konsert yaqinlashgani sari kampaniyaga aylanib ketdi. Bunda Yulduzning konserti chiptalari qimmatligi jahon estradasi vakili Jennifer Lopezning Moskvada taqdim etgan konserti chiptalari narxi bilan taqqoslandi.
Bugun, 14 noyabr kuni Yulduz Usmonova Sankt-Peterburgda konsert dasturini taqdim etadi.
LiveBarchasi