Konor Makgregor Charlz Oliveyra bilan jang qilmoqchi
Sport
−
26 fevral 2022 3030 1 daqiqa
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amaldagi chempion Charlz Oliveyraga qarshi kamar uchun jang qilmoqchi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.
“Ehtimol, Oliveyra aqlli bo‘lsa, u yana bir-ikki oy kutishi mumkin. Iyul jang o‘tkazishim uchun maqbul bo‘lib tuyulmoqda. Biroq vaqt masalasida juda erta gapira olmayman.
Agar apreloyida sparring o‘tkazsam, oy oxirida bu bolalarning ko‘pchiligini boshiga tepishim mumkin. Bilasizmi, nima haqida gapirayotganimni? Men sparringdan jangga o‘taman”, degan Konor Makgregor.
Yengil vazn UFC’dagi eng raqobat jiddiy toifa hisoblanadi. Konor esa oldingi darajasini ushlab qolmagan. Shuning uchun Charlz Oliveyraga qarshi jang qilishi mumkin bo‘lgan sportchilar qatorida, Beniyel Dariush, Islam Maxachev va Jastin Getji kabilar e’tirof etilmoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025