Konor bilan jangda mag‘lub bo‘lish mumkin emasdi – Habib 

Sport

image

Bugun, 1 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC'ning Shon-sharaf zaliga kiritish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda yengil vazn toifasida UFC'ning sobiq chempion Habib Nurmuhammedov va ikkita vazn toifasida sobiq chempion Daniel Korme rasman Shon-sharaf zaliga kiritildi. 

Dog‘istonlik jangchining 2022 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan UFC-272 turniri davomida dunyodagi eng yaxshi promoshenning Shon-sharaf zaliga kiritilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Marosimdan so‘ng, Habib Nurmuhammedov 2018 yilning 6 oktyabrida Konor Makgregor bilan bo‘lib o‘tgan jangni esalab, faoliyatidagi istalgan jangni boy berishi mumkinligini, biroq irlandiyalik bilan jangda bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘yishni xohlamaganini tan oldi.

“Bu yerda (Las-Vegas) 2018 yil 6 oktyabrda faoliyatimdagi eng katta jang sodir bo‘lgan. Aynan shu arenada. Bu MMA tarixidagi eng buyuk jang edi va men unda g‘alaba qozonganimdan juda xursandman. Men har qanday jangda yutqazishim mumkin edi, lekin Konor bilan jangda mag‘lub bo‘lish mumkin emasdi”, degan sobiq UFC chempioni.

Ma’lumot uchun, Nurmuhammedov MMA faoliyati davomida, 29 ta jang o‘tkazib, 29 ta g‘alaba qozongan. 2020 yil oktyabr oyida Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratgan rossiyalik jangchi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

612

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing