Kongoda sakkiz ayol tiriklayin yoqib yuborildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning sentyabr oyida Kongo Demokratik Respublikasi Janubiy Kivu provinsiyasining uchta tumanida sakkiz nafar ayol tiriklayin yoqib yuborildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yil mahalliy aholi “jodugarlar ovi”ni uyushtirgan. 3 oy davomida (iyundan sentyabrgacha) 300 dan ortiq ayol jodugarlikda ayblangan. Huquq himoyachilari sodir bo‘layotgan voqealarda hukumatni ayblashgan, ammo hukumat chora ko‘rishni xohlamagan.

“Hukumat aybi bilan “jodugar”larga hujumlar ko‘paymoqda. Davlat, xususan politsiya va adliya tizimi o‘z vazifalarini umuman bajara olmayapti”, degan Bukavu shahri Qishloq taraqqiyoti oliy instituti direktori va sotsiologiya professori Bosko Muchukiva

Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, bunday holatlarda qotillikni sodir etganlarni topish qiyin. Chunki ular jamoatchilik rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azo sektoriga tajovuzi natijasida 126 kishi, shu jumladan 31 nafar bola va 20 nafar ayol o‘ldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1015

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing