Konfetlar qachon paydo bo‘lgan? 

Bu qiziq

image

18 oktyabr — shirinliklarga befarq bo‘lmagan har bir kishi uchun bayram. Har yili shu sanada Butunjahon konfet kuni nishonlanadi

Konfetlar qadimgi Misr davrida paydo bo‘lgan deb ishoniladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tasodifan, ya’ni yong‘oq, asal va anjirning idishlari ag‘darilib, aralashib ketganda sodir bo‘lgan. 

Arab yoki sharq shirinliklari butun dunyoda mashhur bo‘lgan va shu kungacha shunday bo‘lib kelmoqda. Shirinliklar tayyorlashda shakarni birinchi bo‘lib arablar ishlatgan. Har xil yong‘oqlar va quritilgan mevalar ham o‘zgarmas tarkibiy qism bo‘lgan. 

Rossiyada shirinliklar chinor siropi, asal va boshqa mahsulotlar yordamida tayyorlangan. O‘sha paytda barcha shirinliklar qo‘lda ishlangan mahsulot bo‘lib, ko‘pincha tasavvur, ijodiy fikr va qandolatchilik tajribasi mahsuliga aylangan. Shunday qilib, yangi g‘oyalar va yangi turdagi shirinliklar, shu jumladan konfetlar paydo bo‘lgan. 

Shunisi e’tiborga loyiqki, odamlar shirin mahsulotlar kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga eka ekanini uzoq vaqt oldin payqagan. Bu esa shokoladli konfetlar bir vaqtning o‘zida dorixonalarda ham sotilishiga sabab bo‘lgan.

Farmatsevtlar shirinliklarni yo‘tal va asab kasalliklariga davo sifatida taklif qilgan. Bugungi kunda tadqiqotchilar baxt gormonlari shokolad yeyish jarayonida hosil bo‘lishini da’vo qilishadi. Shunday qilib, farmatsevtlar tomonidan muomalaga kiritilgan “konfet” atamasi keyinchalik qandolat mahsulotlari turlaridan birini anglata boshlagan. 

XX asrga kelib konfet tayyorlash jarayoni ommaviy ishlab chiqarishga aylangan. Bir tomondan, bu oddiy aholi uchun shirinliklar narxi va taqchilligi muammosini hal qilgan, biroq ayni paytda tabiiy mahsulotni yaratishning ijodiy jarayoni yo‘qolgan. 

Hozirgi kunda kimyoviy komponentlar ko‘pchilik shirinliklarda uchraydi, ulardan ko‘p miqdorda foydalanish shunchaki zararli bo‘ladi. Sog‘lom turmush tarzi, jumladan, sog‘lom ovqatlanish ommalashib borayotgani fonida tabiiy qo‘lda tayyorlangan shirinliklar tayyorlash an’anasi qayta tiklana boshladi. 

Bunday shirinliklarning narxi ancha yuqori, ammo mahsulotning foydaliligi va o‘ziga xosligi asta-sekin unga ko‘proq xaridorlarni jalb qilmoqda. 

Qandolatchilar, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, savdo belgisi egalari har yili Butunjahon konfet kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashishga harakat qiladi. Bu kunda bayramlar, karnavallar, ko‘rgazmalar, qo‘lda tayyorlangan shirinliklar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlardagi shirinliklar bolalar uchun eng yaxshi sovg‘aga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing