Konditsionerning foydasining bilamiz, zararinichi?

Salomatlik

image

Kunning issiq kunlarida konditsioner yordamida salqinlatilgan xonada o‘tirish, dam olishning gashti o‘zgacha. Ammo konditsionerning foydali tomonlari bilan birga zararli tomonlari ham bor.

Konditsionerning o‘rta darajadagi salqin havo oqimi, dim va juda issiq haroratda go‘daklar va yoshi ulug‘ kishilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Gap shundaki, ularda organizmidagi sovitish tizimi mukammal bo‘lmaydi va haroratga tez moslashib olishga qiynaladi.

Konditsionerdan foydalanganda birdaniga eng past haroratga qo‘ymaslik kerak. Sovuq havo oqimini zinhor odamlarga qaratmaslik lozim. Hech kim shamollab qolmasligi uchun sovuq havo oqimi xonaga bir tekis tarqalishiga ahamiyat berish kerak.

Tibbiyot xodimlarining aytishicha, konditsioner inson tanasi haroratini tushirib yuboradi. Natijada, quruq yo‘tal, tomoq, quloq, bo‘yin, bel og‘riqlari paydo bo‘ladi. Ayniqsa, ushbu agregatning sovuq havosi insonga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning tana harorati keskin tushib ketadi. Nafas olish bilan bog‘liq xastaliklar xavfi oshadi. Bunga yana quloq yallig‘lanishi, burun bo‘shlig‘i shilliq pardasi shamollashi, nafas yo‘llari yallig‘lanishi, mushaklar shamollashi va zotiljamni qo‘shing. Ushbu xastaliklarning bari jiddiy va ancha uzoq davolanishni talab etadi.

Bundan tashqari, toza havo bo‘lmasdan(deylik, ichkarida, yopiq joyda) konditsionerni uzoq vaqt ishlatishdan xonadagi havo namligi pasayib ketadi. Bundan esa teri va shilimshiq bilan qoplangan bezlar zarar ko‘radi. Hatto, allergiya ham paydo qilishi mumkin. Shu bois ushbu agregatning filtrlarini vaqti-vaqti bilan tozalab turish talab etiladi. Aks holda konditsioneringiz turli zararli zamburug‘lar, mog‘or, po‘panak va bakteriyalar uyasiga aylanadi.


Avtomobilda konditsionerdan qanday foydalanish kerak?

Avtomobil haydash yo‘riqnomasida konditsionerni yoqishdan oldin oynani 2 daqiqa ochib qo‘yish tavsiya etilgan. Buning tibbiy sabablari quyidagichadir:

O‘rganishlarga ko‘ra konditsioner havoni sovutishdan oldin ichidagi plastikdagi benzolga to‘yingan, rakni keltirib chiqaruvchi havoning hammasini chiqarib tashlaydi. Mashina ichida plastik isi anqiganidan buni sezish mumkin. Buni hamisha hisobga olishingiz va havoni sovutish oldidan oynani bir muddat ochib qo‘yishingiz lozim.

Motorni ishga tushirishingiz bilanoq darhol konditsionerni yoqmang. Bu muddat ichida oyna ochiqligicha qolsin. Salon havosiga tarqaladigan ko‘plab uglevodorodlar (asosan, hidli) va turli qo‘shimchalar rak kasalini keltirib chiqaradi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing