“Kondagi baxtsiz hodisalar “odatiy hol”. Erdo‘g‘an muxolifat tanqidi ostida qoldi
Olam
−
17 Oktabr 2022
4258Turkiya Prezidenti yaqinda sodir bo‘lgan portlashda 41 konchining halok bo‘lishini “taqdir” bilan bog‘lagani va bunday baxtsiz hodisalar “odatiy hol” ekanini aytgani uchun tanqid qilindi. Bu haqda BBS yozmoqda.
Aholining aksar qismi Turkiya shimolidagi halokatni “qatliom” deb ta’riflayotgan bir paytda, Rajab Toyib Erdo‘g‘anning “ta’sirli gaplari” muxolif partiya boshqaruvidagi Istanbulda noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Qora dengizdagi muassasada 14 oktyabr kuni sodir bo‘lgan portlashda ham 28 kishi jarohat olgan. Bu haqda Erdo‘g‘an 15 oktyabr kuni Bartin viloyatiga tashrifi chog‘ida aytgan.
“Biz taqdir rejasiga ishonadigan odamlarmiz. Bunday baxtsiz hodisalar har doim bo‘ladi, biz buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak”, dedi u jurnalistlarga.
Ammo bu izoh ko‘pchilikni g‘azablantirdi. Muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li “Biz qaysi asrda yashayapmiz? Nega kondagi avariyalar faqat Turkiyada sodir bo‘ladi?” kabi savollar bilan istehzo qildi.
Turkiya muhandislar va arxitektorlar palatalari ittifoqi rahbari Emin Koramaz, portlashning baxtsiz hodisa sifatida baholanishi haqidagi fikrni rad etib, “kerakli ehtiyot choralari ko‘rilmagani, tekshirilmasdan, xavfsiz sharoit yaratmasdan, konchilar yuzdan oshiq metrdagi chuqurlikka jo‘natilganini da’vo qilgan.
Portlashning aniq sabablari hozircha ma’lum emas. Rasmiylarning bildirishicha, Turkiya prokuraturasi portlash sabablarini tekshirishga kirishgan, dastlabki xulosalarga ko‘ra, portlash ko‘mir konlarida portlovchi aralashma hosil qilgan metanga reaksiya beruvchi olov namligi sabab bo‘lgan.
Makarasi qishlog‘ida akasining dafn marosimida Erdo‘g‘anga duch kelib, o‘zini yig‘idan to‘xtatolmagan ayol shunday dedi:
"Janob Prezident, akam oldindan shunday bo‘lishini bilardi: 10-15 kun oldin gaz sizib chiqayotganini aytgan edi. “Yaqinda bizni portlatib yuborishadi”, degan edi. Nega bu beparvolik?”
Agence France-Presse axborot agentligi xabariga ko‘ra, bir lahzalik sukutdan so‘ng, Turkiya Prezidenti shunday degan:
“Katta yo‘qotish uchun afsusdaman, Alloh sabr bersin”.
14 oktyabr kungi portlash paytida shaxtada 110 ga yaqin odam bo‘lgan, ularning deyarli yarmi 300 m (984 fut) chuqurlikda edi. Shaxtada ishlayotganlardan 58 nafari qutqarilgan.
Ta’kidlash kerakki, Turkiya 2014 yilda ko‘mir qazib olishdagi eng halokatli falokatga guvoh bo‘lgan, o‘shanda g‘arbiy Soma shahridagi portlash oqibatida 301 kishi halok bo‘lgan edi.
Musulmon Ziyo
LiveBarchasi