“Kompromatuzb” qancha miqdorda zarar yetkazgani ochiqlandi

Jamiyat

image

“Kompromatuzb” Telegram-kanali bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga kelib tushdi va 4 mazkur ish nafar ayblanuvchiga nisbatan ko‘rib chiqiladi. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy da’vogar mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 mlrd 138 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Keltirilishicha, mazkur ish bo‘yicha 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan Xurshid Daliyev, 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Siyovush Hoshimov, 2004 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan Ahmadullo Ahmadjonov hamda 1973 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan Mavjuda Mirzayeva jalb qilingan. Obidovga ko‘ra, A.Ahmadjonov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, S.Hoshimov yuqoridagi moddalarga qo‘shimcha ravishda JKning 243-moddasi bilan, X.Daliyev esa xuddi shu moddalar va JKning 184-moddasi 3-qismi bilan, M.Mirzayeva esa Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari bilan ayblanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda u “E-XSUD” elektron axborot tizimi orqali sudyalar o‘rtasida taqsimlanish jarayonidadir. 

Jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kompromatuzb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar