Kompyuter chipiga inson miya hujayralari o‘rnatildi

Texnologiya

image

Avstraliyadagi Cortical Labs laboratoriyasida kompyuter chipiga inson miya hujayralari o‘rnatildi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirgan laboratoriya bosh direktori Xon Veng Chong va uning jamoasi mazkur chip video o‘yinlarini o‘ynashda asqotishini aytgan. Bu haqda “Forbes” sayti ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Chong Avstraliyaning startap texnologiyasini biologik kompyuterlarga aylantirmoqchi. Olim ushbu kashfiyot sun’iy intellektdan o‘zib ketishiga va boshqa kompaniyalarning o‘sishini kuchaytirishga umid qilmoqda.

“Besh yil ichida biz 5-10 ta muvaffaqiyatli kompaniya hamda texnologiyamizga asoslangan startaplarga ega bo‘lishni xohlaymiz”, deydi Chong.

Cortical Labs 2023 yilning oxirigacha o‘zining biologik kompyuterlarini sotib, daromad olishni maqsad qilgan. Kompaniya Kembrij universitetining tadqiqot uchun inson hujayralarini ta’minlaydigan bo‘limi bilan o‘z mahsuloti ustida tajriba o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni allaqachon imzolagan. Laboratoriya miya hujayralarini dasturlash uchun 120 ta biologik kompyuter klasterlariga ega. 

Chongning ma’lum qilishicha, ayni paytda Cortical Labs o‘z xizmatlarini taqdim etish uchun AQSHning bir nechta xotira provayderlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Komp'yuter chipi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar