O‘zbekistonning Pekin-2022'da qatnashayotgan yagona sportchisi diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
16 fevral 2022
30917Pekin Olimpiadasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan yagona sportchi Komiljon To‘xtayev musobaqadan diskvalifikatsiya qilindi.
Bugun, 16 fevral kuni Xitoy poytaxtida o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarida Komiljon To‘xtayev slalom bahslarida ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik chang‘ichining poyga natijalari u yo‘l qo‘ygan texnik xatosi tufayli hisoblanmadi. U marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi.
Afsuski, Komiljon To‘xtayev ikkinchi bosqichda ishtirok eta olmaydi: hakamlar qaroriga ko‘ra, u musobaqadan chetlashtirildi.
Shu tariqa O‘zbekistonning yagona vakili Pekin Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi.
LiveBarchasi