Komilov Pompeo bilan muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qoidalarini izchil amalga oshirish, ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga tomonlar sodiq ekanligi tasdiqlandi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanayotganligi va jadal rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. Shu nuqtai nazardan, so‘nggi ikki yil ichida savdo hajmi ikki baravar o‘sgani qayd etildi.

AQSH Davlat kotibi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyatni demokratlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, diniy erkinlikni ta’minlash va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan choralarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirlarda AQSH elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing