Komilov Pokiston Bosh vaziriga Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 10 mart kuni Islomobodda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon tomonidan qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Bosh vaziri Imron Xonga yo‘llangan maktubini yetkazgan.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama kun tartibining muhim jihatlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Mintaqaviy masalalarga, birinchi navbatda Afg‘oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. 

Shu nuqtayi nazardan, Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga yordam beradigan infratuzilma loyihalarini, jumladan, ular orasida eng muhimi Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘lini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida fikr almashilgan. Bu Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini beradi. O‘z navbatida esa O‘zbekiston bilan Pokiston hamda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirishga imkon beradi.

Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing