Komil Allamjonov Rabbimov masalasida xavotir bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, siyosatshunos va tahlilchi Kamoliddin Rabbimov kecha, 17 aprel kuni Toshkentdagi uyidan chiqib ketgancha qaytib kelmagani, bugun, soat 19:00 atrofida jamoatchilik orasida uning dom-daraksiz ketgani shov-shuvlarga sabab bo‘lgach, uning 15 sutkaga qamalgani ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Ayni daqiqalargacha Ichki ishlar idoralari Rabbimovning nega qamalgani haqida rasmiy ma’lumot bergani yo‘q. 

Rabbimov bilan bog‘liq vaziyat daqiqa sayin ijtimoiy tarmoqda asosiy mavzuga aylanib bormoqda. 

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonov o‘z Telegram kanalida holat bo‘yicha munosabat yozib, xavotir Rabbimovdan xavotirda ekanini bildirdi. 

“Kamoliddin Rabbimov atrofida bo‘layotgan  holatdan biz xavotirdamiz. Fond bu masalani o‘rganyapti. O‘ylaymanki vaziyat tez fursatda oydinlashadi”, deydi fond raisi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 aprel kuni soat 22:00 atrofida u bilan bog‘lanish imkoni paydo bo‘lgan. Jurnalist Ilyos Safarov siyosatshunos bilan telefon orqali muloqot qilgan. Uning ma’lum qilishicha, Rabbimov ayni vaqtda xalq tilida “Panelniy” nomi bilan tilga tushgan hibsxonaga joylashtirilgan. U 15 sutkaga qamalganini aytgan. 

QALAMPIR.UZ Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan aloqaga chiqdi. IIBB Matbuot kotibi ayni vaqtda holatga oydinlik kiritilayotganini ma’lum qilib, Rabbimov ma’muriy javobgarlikka tortilganini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

476

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing