Komil Allamjonov: “Biz tanlagan yo‘l voqealarga boy bo‘ladi deb niyat qilaman”
Jamiyat
−
29 yanvar 2020
6121Bugun, 29 yanvar kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida administratsiya rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Ushbu majlisda AOKA direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva rahbarlikdan ketishganini e’lon qildi.
Komil Allamjonov Telegram’dagi o‘z sahifasida bu haqida yozar ekan shunday deydi: “Hayotimning eng erkin, qiziqarli va serqirra kunlari aynan AOKAda o‘tdi. Davlat xizmati katta maktab bo‘ldi. Endi biz tanlagan jamoatchilik yo‘li ham bundan-da voqealarga boy, shu bilan birga, sermazmun bo‘ladi deb niyat qilaman. Nima bo‘lsa ham, xalq va yurt manfaati bosh maqsad bo‘lib qoladi”.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyevning sobiq matbuot kotibi Komil Ismoilovich Allamjonov 2018 yilning noyabr oyida Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga (oldingi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi) direktor etib tayinlangan edi.
Saida Mirziyoyeva esa, 2019 yilning 12 aprel kuni AOKA direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat boshlagan edi.
LiveBarchasi