Koloniyalarda mahbuslar bilan uzoq muddatli uchrashuvlarga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari uzoq muddatli uchrashuvlarga ruxsat berildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga IIV JIEBB dan xabar qilindi. 

Qayd etilishicha, mamlakatda koronavirus pandemiyasi sabab o‘rnatilgan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilishi munosabati bilan IIV jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalari olingan.

Unda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, hozircha haftada bir marotaba, ya’ni shanba kuni 24 soatlik uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etilgan.

Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan 6 yoshdan oshgan farzandlari) uchrashuvga 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

“Shu o‘rinda uzoq muddatli uchrashuv so‘rab murojaat qilganlarning barchasiga bir vaqtning o‘zida uchrashuv berish imkoniyati mavjud emasligini eslatib o‘tmoqchimiz. 

Shundan kelib chiqqan holda, jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarni uchrashuvga kirish ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha  dolzarb aloqa tarmoqlari tashkil etildi”, deyiladi xabarda.

Fuqarolar haftaning ish kunlari soat 9:00dan 18:00gacha mazkur dolzarb aloqa tarmoqlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 

Bog‘lanish uchun jazoni ijro etish koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:

-    1-son jazoni ijro etish koloniyasi – 365-220-70-02

-    2-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-00-82

-    3-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-10-61

-    4-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-224-77-81

-    5-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-555-23-65

-    6-son jazoni ijro etish koloniyasi – 69-434-42-33

-    7-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-169-64-13

-    10-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-506-64-51

-    11-son jazoni ijro etish koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07

-    12-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-572-55-85

-    13-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-717-08-50

-    14-son jazoni ijro etish koloniyasi – 99-842-41-24

-    17-son jazoni ijro etish koloniyasi – 94-545-21-81

-    20-son jazoni ijro etish koloniyasi – 65-522-22-10

-    21-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-975-85-65

-    22-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-202-38-52

-    23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona – 71-293-87-29

-    24-son tarbiya koloniyasi – 70-202-37-51

Ushbu dolzarb aloqa raqamlari orqali bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan hollarda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 71-291-69-75 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Dolzarb aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar uchrashuvga kiritilmaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi

Baholaganlar

147

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing