Kollejlarda sirtqi va kechki ta’lim tashkil etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 4 va 5 darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kollej va texnikumlarda sirtqi va kechki ta’lim shaklini tashkil etish tartibi belgilanadi.

Xususan, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida ta’limning sirtqi va kechki shakllariga o‘qishga qabul qilish, o‘qitishni tashkil etish, masofadan turib o‘qitish elementlaridan foydalanish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish hamda o‘quv jarayonlarini boshqarish tartibi belgilangan.

Kollej va texnikumlarda sirtqi va kechki ta’lim shaklidagi o‘quv jarayonlari talab darajasida tashkil etilishi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olish belgilanadi.

Shu bilan birga, mazkur qaror loyihasida o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanmoqda.

Loyihada qator takliflar ilgari surilgan. Unga ko‘ra:

•    o‘quv semestri yakunigacha bo‘lgan muddatda sirtqi ta’limda o‘qish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi;

•    o‘quvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida kamida bir marta ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi;

•    sirtqi va kechki ta’limda masofadan turib o‘qitish o‘quvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi;

•    kechki ta’limda o‘qish bir haftada 4-5 kundan iborat bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing