Kollej va texnikumlarga test topshiriladigan fanlar hamda baholash mezoni tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga professional ta’lim bosqichidagi kasb (mutaxassislik)larga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari rasman tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni jami 70 tani tashkil etadi.

Bunda, 30 ta - majburiy fanlar (ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika, O‘zbekiston tarixi) va 40 ta - kasb va mutaxassisliklarga mos ikkita fan bo‘yicha bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident qarori bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing