Kluni Ispaniya futbol jamoalaridan birini sotib olmoqchi

Olam

image

Amerikalik aktyor Jorj Kluni Ispaniya jamoalaridan birini sotib olishni reja qilmoqda. Bu haqida AS xabar bermoqda. 

Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, gap “Malaga” jamoasi haqida bormoqda. Jamoa Ispaniya janubidagi Kosta-del-Sol hududida joylashgan port shahar nomiga shunday atalgan.

Aniqlik kiritilishicha, Kluni amerikalik investorlar guruhiga sarmoya kiritishga yordam berishga tayyor.  

Ma’lumot o‘rnida, 2010 yilda “Malaga” aksiyalari qatarlik biznesmen shayx Abdulloh al Toniyga qarashli bo‘lgan. U klub narxini 100 million yevroga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Kluni “Malaga”

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar