“Klon” seriali yulduzi 91 yoshida vafot etdi

Olam

image

Braziliyalik serial aktyori Fransisku Kuoku 91 yoshida San-Pauluda vafot etdi. San’atkorning vafot etganini “Klon” serialida Jadi rolini gavdalantirgan 49 yoshli braziliyalik aktrisa Jovanna Antonelli tasdiqladi.

Aktyor kecha, 19 iyun kuni 91 yoshida vafot etgan. O‘limidan oldin u shifoxonaga yotqizilgan, biroq uning o‘lim sabablari ma’lum qilinmagan.

Braziliya vitse-prezidenti Jeraldu Alkmin o‘z ta’ziyanomasida Kuokuni o‘z mamlakatining eng kuchli aktyorlaridan biri deb atagan. 60 yildan ortiq davom etgan karerasi davomida Kuoku teatr va filmlarda rol o‘ynagan.

U tomoshabinlar xotirasida “Klon” serialidagi ruhoniy va doktor Aliberining do‘sti padre Matiolli obrazi bilan muhrlanib qolgan. U shuningdek, “Tropikanka” serialida Gaspar Velasko rolini ham ijro etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urugvayning sobiq rahbari (2010-2015), dunyodagi eng kambag‘al sobiq prezident Xose Muxika 89 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Klon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar