Klinton Moskvada qamalgan sportchiga ozodlik so‘radi
Sport
−
18 mart 2022 7301 1 daqiqa
Joriy yilning 17 fevral kuni amerikalik basketbolchi Brittni Grayner Moskvada giyohvand moddalar kontrabandasi ishi bo‘yicha ayblanib, qo‘lga olingan edi. Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi (giyohvandlik vositalarini katta miqdorda kontrabanda qilish, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Amerikalik taniqli siyosatchi, 2016 yilgi saylovlarda AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lgan Xillari Klinton o‘z vatandoshi, basketbolchi Brittini Graynerni ozod qilishga chaqirdi.
Klinton Twitter’dagi sahifasida “Brittni ozod eting” deb yozgan. Biroq Graynerning o‘zi unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni e’tiroz bildirmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Brittni basketbol bo‘yicha AQSH ayollar terma jamoasi bilan birgalikda ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U 2015 yildan beri Rossiyaning UGMK basketbol klubida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, Grayner WNBA’ning eng kuchli 25 basketbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi