Klasterlar ehtiyojidan ortiq tolani oyma-oy majburiy birjaga chiqarishi belgilandi

Jamiyat

image

Endi klasterlar o‘z ehtiyojidan ortiq tolani oyma-oy majburiy birjaga chiqaradi. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilmga asoslangan urug‘chilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ichki bozorda tanqislik tufayli paxta tolasining narxi xalqaro birjalardan yuqori bo‘lib, 1 tonnasi 37 million so‘mgacha yetmoqda. Oqibatda 22 mingdan ziyod xodim ishlaydigan 59 ta ip-yigiruv korxonasiga oyiga 25 ming tonna tola yetishmaydi.

Shu bois, Sardor Umurzoqov boshchiligida Respublika komissiya nazorati ostida Nyu-York birjasida paxta tolasi narxi keskin oshsa, tola mahalliy birjaga 10 foiz chegirma bilan qo‘yiladi. Shuningdek,

•  klasterlar o‘z ehtiyojidan ortiq tolani oyma-oy majburiy birjaga chiqaradi;

•  barcha ip-kalava korxonalari ishlab chiqargan mahsulotning kamida 30 foizini birja orqali sotadi;

•  birjada sotib olingan ip-kalava uchun to‘lovni bank kafolati orqali 3 oygacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy etiladi;

•  qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lmagan klasterlarga imtiyozli kredit 14 oyga beriladi (hozir – 24 oy).

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing