KXSHT sammiti: Japarov ittifoqchilar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv bo‘yicha “konkret” taklif berdi
Olam
−
16 Sentabr 2021
14609Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti ishtirokchisi hisoblangan bir mamlakat boshqa davlatga hujum qilgan taqdirda harakat mexanizmini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu haqda u KXSHT kengashining yig‘ilishi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar bergan Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati. https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/12419153
“Prezident mintaqadagi vaziyatni inobatga olgan holda, KXSHTga a’zo bir davlat boshqa davlatga qurolli tajovuz qilgan taqdirda, tashkilot ichida tezkor javob berish va qarorlar qabul qilish mexanizmlarini ishlab chiqish kabi bir qator takliflarni bildirdi”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat masalasini ko‘targan.
“Qirg‘iz-tojik davlat chegarasi chizig‘ida davom etayotgan keskinlik tashkilotning barcha a’zo davlatlarining alohida e’tiborini qaratishga majbur qiladi”, degan Japarov.
Shu bilan birga, Qirg‘iziston rahbari Bishkek “o‘z faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun KXSHT sheriklari bilan o‘zaro manfaatli barcha masalalar bo‘yicha strategik muloqotni davom ettirish” niyatida ekaniga ishontirgan.
“Qirg‘iziston Respublikasi ochiq va demokratik davlat bo‘lib, mustaqillikning dastlabki kunlaridan qo‘shni davlatlarga va umuman dunyoning barcha davlatlariga nisbatan izchil, do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va muvozanatli siyosat olib bordi va olib bormoqda. Qirg‘izistonning davlatlar o‘rtasidagi nizolarni faqat tinch yo‘l bilan hal qilish hamda muzokara stolidagi siyosiy va diplomatik usullar bilan yechish zarurligi haqidagi pozitsiyasi hozir ham o‘zgarmagan”, degan Japarov.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. 30 aprel va 1 may kunlari Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar yuz berdi.
1 may kuni tomonlar otishmani to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.
LiveBarchasi