KXSHT Markaziy Osiyo janubiy chegaralari xavfsizligiga e’tibor qaratishi kerak – To‘qayev

Olam

image

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) Afg‘onistondagi vaziyatga e’tibor qaratishi lozim. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Moskvada bo‘lib o‘tgan KXSHT yubiley sammitida aytib o‘tdi. 

To‘qayev KXSHTning asosiy vazifalari tinchlik va barqarorlikni, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, a’zo davlatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

“Xalqaro terrorizm va ekstremizm, giyohvandlik va qurol-yarog‘ savdosi, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan biz Afg‘onistondagi vaziyatni rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz.

Bu davlatdagi beqaror vaziyat, shuningdek, Afg‘oniston hududidagi qurolli guruhlarning to‘xtovsiz faoliyati davlatlarimiz xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solmoqda. Men KXSHT barcha mumkin bo‘lgan tahdidlarni hisobga olishi va Markaziy Osiyo janubiy chegaralari xavfsizligini ta’minlashga yanada ko‘proq e’tibor qaratishi kerak, deb hisoblayman”, deydi Qozog‘iston rahbari KXSHT sammitida so‘zlagan nutqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqa muddatda tashkilotning tinchlikparvarlik salohiyatini rivojlantirish so‘zsiz ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. KXSHT tinchlikparvar kuchlari yaratildi va yildan-yilga takomillashtirilmoqda, ularni zamonaviy qurol-yaroq, texnika va maxsus vositalar bilan ta’minlash rejasi ishlab chiqilmoqda, deydi To‘qayev.

"Bizning fikrimizcha, KXSHTni BMTning tinchlikparvarlik faoliyati bilan bog‘lash vazifasini hozirdanoq qo‘yish zarur. Bu qadam KXSHT huquqiy holatini mustahkamlaydi va tashkilotning xalqaro tinchlikparvar operatsiyalarda ishtirok etish amaliyotini ta’minlaydi", deydi Qozog‘iston Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, KXSHT sammiti Moskvada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganining 30 yilligi va tashkilot tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing