KXDRni mag‘lub etgan o‘zbek futbolchilarining o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
20 noyabr 2024
11228Kecha, 19 noyabr kuni Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Shimoliy Koreya-O‘zbekiston bahsida Abbosbek Fayzullayevning xatti-harakatlari eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi. Bu haqda “Sofascore” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fayzullayevning o‘yini 7,8 ballga baholandi. 21 yoshli futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining hujumlarida faol qatnashdi va uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.
Fayzullayevdan keyin darvozabon O‘tkir Yusupovning o‘yini yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi. Uchrashuvda penaltini bartaraf etgan Yusupovning xatti-harakatlari 7,7 ball to‘pladi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida eng past ko‘rsatkichni 2-taymda qizil kartochka olgan Umar Eshmurodov qayd etdi. Uning o‘yini 6,5 ballga loyiq ko‘rildi.
Ortda qolgan 6 ta turdan keyin Srechko Katanets shogirdlari “A” guruhida 13 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 6-turda safarda Qirg‘izistonni mag‘lub etgan Eron 16 ochko 1-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Qatarni yirik hisobda taslim etgan Birlashgan Arab Amirliklari 10 ochko bilan 3-o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasining eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi