KXDRda bezgak bilan og‘riganlar 2 mlndan oshib ketdi

Olam

image

KXDRda yuqori isitma bilan kasallanganlar soni 2,2 million kishidan oshdi. Kecha, 19 may kuni 263 mingdan ortiq yangi bemor aniqlandi, ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bergan. 

Vafot etganlarning umumiy soni 65 nafarga yetgan. 19 may holatiga ko‘ra, 1,5 millionga yaqin bemor tuzalib, 750 mingga yaqin bemor davolanmoqda. 

Shimoliy Koreyadagi bir qator davlat ommaviy axborot vositalarining xabarlaridan xulosa qilish mumkinki, mamlakatda koronavirus tarqalmoqda, ammo yuqori isitma bilan og‘rigan bemorlarning qancha qismi COVID-19 bilan kasallangani haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. 

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning ko‘rsatmasi bilan “yuqori darajadagi favqulodda epidemiyaga qarshi tizim” joriy qilingan. Rasmiylar harbiylardan foydalangan holda hududlarni barcha zarur narsalar va dori-darmonlar bilan ta’minlashga harakat qilmoqda. 

Shimoliy Koreya hukumati zarur dori-darmonlar, niqoblar va himoya kostyumlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Viloyat, shahar va tuman xalq qo‘mitalari xodimlari barcha zarur tovarlarni hududlarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakat miqyosida 30 ming kishidan iborat 8000 ga yaqin turli xil xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari aholini asosiy ehtiyojlar bilan ta’minlaydi. Dori-darmonlarni yetkazib berishda KXDR armiyasining harbiy-tibbiyot otryadlari askarlari ham qatnashmoqda. 

Epidemiyaga qarshi kurashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki tibbiyot muassasalarining o‘qituvchilari va talabalari, hatto sog‘liqni saqlash sohasida tajribaga ega 2,4 ming nafardan ortiq nafaqadagi ko‘ngillilar ham ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

KXDRda bezgak

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar