KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi ikki yo‘lni portlatib yubordi
Olam
−
15 Oktabr
7426Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boruvchi g‘arbiy va sharqiy chegaradagi ikkita avtomagistral uchastkalarini portlatib yubordi. Bu haqda Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.
“Shimoliy Koreya Kyongi va Dongxe yo‘llarining harbiy chegara chizig‘idan shimoldagi qismlarini portlatib yubordi”, deyiladi qo‘mita bayonotida.
Harbiylarning qo‘shimcha qilishicha, ular nima bo‘layotganini kuzatib turishgan va kuzatuvni kuchaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvaliga KXDR Janubiy Koreya bilan transport aloqasini butunlay to‘xtatgandi. Undan keyin Janubiy Koreya bilan chegara bo‘ylab o‘tadigan yo‘llarni portlatishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar qilingandi.
LiveBarchasi