KXDR yil boshidan beri oltinchi raketani sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Kecha, 28 yanvar kuni KXDR Koreya yarimorolining sharqiy qirg‘oqlarida so‘nggi bir oy ichidagi 6-raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Shimoliy Koreya sharqiy qirg‘oqlari markazidagi Hamhungdan uchirilgan raketalarning birinchisi, mahalliy vaqt bilan kunduzi soat 8:00 da va ikkinchisi soat 8:05 da havoga ko‘tarilgan. Raketalar taxminan 20 km balanlikka ko‘tarilib, 190 km masofani bosib o‘tgan.

Shimoliy Koreya hukumatiga qarashli axborot agentligi KCNA’ning bildirishicha, Pxenyanning 2022 yil boshidayoq 6 ta raketani sinovdan o‘tkazishiga sabab, mamlakatni AQSH hujumidan mustahkam himoya qilish va “vaqtinchalik to‘xtab qolgan harbiy harakatlar”ni qayta yo‘lga qo‘yishdan iborat. 

Bundan tashqari, ikki kun avval Shimoliy Koreya dengizga “kruiz raketalar”ni uchirgani ham ma’lum qilinmoqda. 

Bundan avval, 18 yanvar kuni Pxenyan “taktik yo‘naltirilgan raketalar”ni ham sinovdan o‘tkazgan. 

KXDR joriy yilning 5-11 yanvar kunlari gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, 14 yanvar kuni poyezd vagoniga o‘rnatilgan qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgani taxmin qilinmoqda.

Xalqaro qonunchilik Shimoliy Koreyaga ballistik raketalar va atom qurollarini sinovdan o‘tkazishni taqiqlagan. 

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi, Temir yo‘l vagonidagi ballistik raketa sinovidan so‘ng AQSH Pxenyanga qarshi e’lon qilgan bayonotiga javob qaytardi. 

“Agar AQSH shunday qarama-qarshilik pozitsiyasini saqlab qoladigan bo‘lsa, KXDR qattiqroq va jiddiyroq choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi”, degan Pxenyan rasmiysi. 

Shimoliy Koreya rasmiysi KCNA axborot agentligiga mamlakatning qurollanishga zo‘r berayotaginini oqlab bildirishicha, KXDR shu tariqa o‘z mudofaa salohiyatini yaxshilab, armiyasini zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlamoqda.

 

Behruz Saidov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing