KXDR Rossiyaga qurol sotmaganini iddao qilmoqda. Dunyo bunga ishonadimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Shimoliy Koreya hech qachon Rossiyaga qurol va o‘q-dori eksport qilmagan, qilmoqchi ham emas. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligiga Milliy mudofaa vazirligining ismi oshkor etilmagan xodimi ma’lum qildi.

“So‘nggi paytlarda AQSH va boshqa dushman kuchlar KXDR va Rossiya qurol bitimlarini tuzib, BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasini buzayotgani haqidagi mish-mishlarni tarqatmoqda. Biz Rossiyaga ilgari hech qachon qurol yoki o‘q-dori eksport qilmaganmiz va eksport qilishni ham rejalashtirmayapmiz”, deydi xodim.

Xo‘sh, bunga dunyo hamjamiyati ishonadimi?

Mutaxassislarning fikricha, Shimoliy Koreya nazariy jihatdan rus artilleriyasi va o‘q-dorilarining asosiy manbaiga aylanishi mumkin, chunki har ikki davlatda mudofaa tizimlari sovet davridagi loyihalarga asoslangan.

Seuldagi Ivha universiteti professori Leif-Erik Isli Shimoliy Koreya rejimining qurol sotishdan bosh tortish haqidagi bayonotlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerakligini aytgan.

Qayd etish kerakki, Eron ham Shimoliy Koreya kabi Rossiyaga qurol yetkazib berishni rasman rad etgan, biroq AQSH razvedkasi Rossiya harbiylari Tehronga Eronda ishlab chiqarilgan "Mohajer-6" va "Shahed" dronlarini nazorat qilish kursidan o‘tish uchun borganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Shimoliy Koreya Ukraina sharqidagi tan olinmagan LXR va DXR mustaqilligini tan olgan va Moskva bilan do‘stlikni mustahkamlashga va’da bergan.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreyaning sentyabr oyida mamlakatni yadroviy davlat deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Kim Chen In bu qarorni qaytarib bo‘lmaydigan deb atagan va mamlakatni yadrosizlantirish bo‘yicha har qanday muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH razvedkasi Rossiya Shimoliy Koreyadan millionlab artilleriya snaryadlari va raketalarini sotib olayotganini, bu global sanksiyalar uning ta’minot zanjirlarini keskin cheklab qo‘yganini va Moskva harbiy ta’minot uchun quvg‘indi davlatlarga murojaat qilishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing