KXDR raketa sinovlarining “o‘lja”si kim(lar) ekanini ma’lum qildi
Olam
−
11 Oktabr 2022 22245 2 daqiqa
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat matbuoti, va nihoyat, mamlakatning so‘nggi paytlarda o‘tkazgan raketa sinovlarining sirlarini oshkor qilishni boshladi. Bu harakatlarning barchasi KXDRning Janubiy Koreyadagi potensial nishonlarni o‘qqa tutishga tayyorligini ko‘rsatishga mo‘ljallangan simulyatsiya qilingan rejalarning bir qismi ekanligi aytilmoqda. Bu haqda CNN mahalliy nashrlarga asoslanib xabar berdi.
AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiyaga yaqin hududlarda o‘tkazilgan so‘ngi paytlardagi sinovlar Pxenyan o‘zining "ulkan qurolli kuchlarini" jalb qilish orqali mintaqaviy kuchlarga javob berishga tayyorligini ko‘rsatdi, deydi Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) mashg‘ulotlarni nazorat qiluvchi yetakchisi Kim Chen Inning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.
KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning “taktik yadroviy operatsiya bo‘linmalari”ning so‘ngi yettita mashg‘uloti uning yadroviy jangovar kuchlari belgilangan vaqtda, belgilangan joylarda, belgilangan ob’ektlarni yo‘q qilishga to‘liq tayyor ekanligini ko‘rsatdi.
Shimoliy Koreya nimani sinovdan o‘tkazdi?
Shimoliy Koreya ishchilari yadroviy qurollarni tez va xavfsiz tashishni tekshirish uchun “taktik yadro kallaklarini yuklash” deb ta’riflangan mashqlarni bajarish uchun 25 sentyabr kuni suv ombori ostidagi mashg‘ulotlarda qatnashgani aytilmoqda.
Uch kundan so‘ng, ular urush paytida "Janubiy Koreyaning operatsiya zonalaridagi aeroportlarni zararsizlantirishda" qo‘llaniladigan raketaga taktik yadro kallagini yuklashni simulyatsiya qildi.
Janubiy Koreyadagi asosiy harbiy ob’ektlar orasida AQSH armiyasining Kamp Xamfrisi bazasi ham bo‘lib, u 36 000 dan ortiq amerikalik harbiy xizmatchilar, fuqarolik ishchilari, pudratchilar va oila a’zolaridan iborat AQSHning mamlakat tashqarisidagi eng yirik harbiy ob’ektidir.”
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 10 oktyabr kunidagi hisobotlar Shimoliy Koreya o‘zining sinov dasturi bo‘yicha olti oylik sukunatini buzdi. Bundan oldin, testlar haqidagi e’lon va tasvirlar odatda ertasi kuni taqdim qilinardi.
KCNA hisobotida aytilishicha, 25 sentyabrdan 9 oktyabrgacha bo‘lgan so‘nggi mashg‘ulotlar “dushmanlarga kuchli harbiy reaksiya ogohlantirishi” hamda mamlakatning jangovar qobiliyatini tekshirish va yaxshilash uchun mo‘ljallangan.
Hisobotda Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSHni “dushmanlar” deb atagan va ular bilan muzokara olib borishga hojat yo‘qligini aytgan.
Kim Chen In yana Pxenyan dushmanlarning harbiy harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatishini va kerak bo‘lsa, “barcha harbiy qarshi choralarni ko‘rishini” ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreyaning so‘nggi raketa sinovlariga qarshi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Musulmon Ziyo
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr