KXDR ballistik raketa uchirdi – OAV
Olam
−
16 mart 2022
13587Shimoliy Koreya bugun, 16 mart kuni ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Yaponiya Mudofaa vazirligi hozirda Shimoliy Koreyaning navbatdagi raketa sinovi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bilan shug‘ullanmoqda. Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida idorasi qoshida inqiroz shtab-kvartirasi ish boshlagan va ayni damda Pxenyanning bu yil o‘ninchi raketa uchirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar haqida ma’lumot yig‘moqda.
Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi kecha, 15 mart kuni Pxenyanning qit’alararo ballistik yoki yadroviy raketa sinovini amalga oshirishga tayyorlanayotganidan xabar topgach Koreya Respublikasi va AQSH harbiylari Koreya yarim orolidagi o‘z harbiy bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligini oshirganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi