Kiyevda trolleybuslar harakati to‘xtatildi

Olam

image

Ukraina poytaxti Kiyevda elektr quvvati yukini kamaytirish maqsadida bugundan boshlab shahardagi trolleybus yo‘nalishlarida avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi. 

Bu haqida Kiyev shahar meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegramdagi rasmiy sahifasida yozib qoldirgan.

“2 noyabrdan boshlab poytaxtning barcha trolleybus yo‘nalishlarida avtobuslar harakatlanadi. Biz buni energiya tizimidagi yukni kamaytirish va elektr energiyasini tejash maqsadida qilyapmiz”, – degan mer. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, poytaxt qish faslida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda shahar aholisi uchun mingga yaqin issiqlik punktlarini ishga tushirishga tayyor.

Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing