Kiyevda Sara Netanyaxuning ishiga izoh berildi
Olam
−
20 avgust 2019
4867Ukraina Prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendelning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bosh vazirining rafiqasi hurmatsizlik ko‘rsatishni istamagan, Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Kiyev aeroportida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Saraning Ukraina nonini tatib ko‘rishdan bosh tortishi, hurmatsizlik belgisi emas va ularning tashrifiga soya soladigan voqea emas. "Netanyaxuning rafiqasi Ukrainaga hurmatsizlik ko‘rsatishni istamadi va hech narsa Isroil Bosh vazirining 20 yil ichida birinchi marta bo‘lib o‘tgan va har ikki mamlakat uchun iqtisodiy, ta’lim, madaniy va IT sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishda muhim turtki bo‘lgan Ukrainaga tashrifining ahamiyatiga soya solmaydi”, deb yozadi Mendel o‘zining Facebook`dagi sahifasida.
Bosh vazir va uning rafiqasi Kiyevga rasmiy tashrif bilan keldi. Kiyevning Borispol ayeroportidagi trapdan chiqib kelayotganda, Netanyaxu juftligini an’anaga binoan non va tuz bilan Ukraina liboslarida uch nafar qiz kutib oldi. Ushbu marosim bilan yaqindan tanish bo‘lgan Isroil Bosh vaziri nonni sindirib yeya boshladi. Keyin u yana bir bo‘lakni sindirib xotiniga uzatdi. Biroq, u nonni tatib ko‘rmadi va uni tashqariga tashladi.
LiveBarchasi