Kiyev markazida minglab odamlar hayvonlar huquqlari uchun miting o‘tkazdi (video)

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Ukraina poytaxti Kiyevda “Zaiflarni himoya qilish — kuchlilar ishi” shiori ostida hayvonlar huquqlari uchun yurishi bo‘lib o‘tdi.

Xabarlarga ko‘ra, minglab odamlar Kiyev markazidagi Taras Shevchenko bog‘ida to‘plangan. Keyin ular poytaxtning markaziy ko‘chasi – Kreshatik tomon yurgan.

“Ukrinform” agentligi xabariga ko‘ra, ishtirokchilar qo‘llarida “Hayvonlarni o‘ldirishni bas qiling”, “Hayvonlarni qutqaring”, “Tengmiz!” (odamlar va hayvonlarning huquqlari tengligi talabi) kabi chaqiriq yozilgan plakatlarni ko‘tarib olgan. 

Shu kabi shiorlar yurish paytida ham aytilgan. Shunday qilib, odamlar Ukrainadagi hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni to‘xtatishni talab qilib, hayvonlarning sirklarda, hayvonot bog‘larida, delfinariyalarda, mo‘ynali fermalar va boshqa shunga o‘xshash muassasalarda ishlatilishi hamda insonlar qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylantirilishiga qarshi chiqmoqda. 

Tadbir g‘oyasi butun Ukrainani qamrab olgan. Shunga o‘xshash chiqishlar mamlakatning yana 30 ta shahrida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing