Kitoblarni tezroq va ko‘proq o‘qish usullari

Foydali

image

Har bir kitobning o‘z olami, o‘z haqiqatlari bo‘ladi. Kitobxonda esa kerakli adabiyotni saralab, ko‘proq kitob o‘qish borasida doimo muammolar uchrab turadi. Quyida sizning e’tiboringizga mutolaada ko‘proq ma’lumotlarni eslab qolish va albatta undan zavq olishda yordam beradigan tavsiyalarni havola etamiz.

Kitobni yakunlashingiz shart emas

Balki kitob qiziqarli bo‘lib chiqmagandir? U holda qimmatli vaqtni sarf etishdan ne ma’no? Яхшиси boshqa qiziqroq kitob mutolaasini boshlagan ma’qul. Ikkinchi sabab asosan нон-fikshen janridagi ilmiy-ommabop kitoblarga tegishli. Ba’zida kitobning muayyan jihatlariga qiziqasiz, biroq ichingizdagi boshqa bir ovoz barini o‘qishga majburlaydi. Unga quloq solmang. Keraklisini o‘qing. Vaqtni behuda sarflamang.

Ma’lumotni o‘zlashtiring

Ma’lumotni o‘zlashtirishni o‘rganing. Uning ustida ishlang. Bilib olgan faktlaringiz haqida o‘ylang. Do‘stlaringiz bilan muhokama qiling. O‘z ijtimoiy tarmoqlaringizda bu haqida yozing. Ma’lumotga qancha ko‘p vaqt sarflasangiz, u xotirangizda uzoq vaqtga o‘rin topish ehtimoli ortadi.

Parchalarni qaytadan o‘qing

Bu ko‘pincha нон-fikshen kitoblarga tegishli. Agar biror ma’lumotni yodda qoldirishni istasangiz, kitobni o‘qib bo‘lgach, ertasi kuni eng muhim joylarini qaytadan o‘qish tavsiya etiladi. Ma’lumotni qayta o‘zlashtirish bilan birga bu o‘qilganlarni yaxshiroq eslab qolishda yordam beradi.

Mutolaaga instrument kabi munosabatda bo‘ling

Mutolaa ma’lumotni o‘zlashtirishning boshqa usullari kabi бизга bilim va ko‘nikma olishda zarur. Buni anglasangiz, mutolaa jarayoniga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lasiz.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing