Kino arboblari va kino sanoati vakillari uyuşmalari birlaştiriladi

Madaniyat-san’at

−

image

Özbekiston Kino arboblari va Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmalari birlaştirilib, Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 26 oktyabr kuni Prezidentning “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan ötkazayotgan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Prezident uçraşuvda sohada ilm, tahlil va professional tanqidçilikni rivojlantiriş maqsadida “Kinoşunoslar klubi” taşkil etilişini ma’lum qilgan.

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Uning Xalqaro kinotanqidçilar federatsiyasi – FIPRESCI’ga a’zo bölişiga kömaklaşadi. Bu milliy filmlarning nufuzli xalqaro festivallardagi iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi.

Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslaştiriş uçun Özbekiston Kino arboblari va Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmalari birlaştirilib, Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi.

Palata sohada özini özi boşqarişni rivojlantiriş, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qiliş, yoşlarning professional ösişiga kömaklaşiş bilan şuğullanadi.

Yoş kinoijodkorlarning xorijda malaka oşirişi va palata faoliyati moliyaviy-taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlanişi belgilandi. Yangi palata faoliyatini taşkil etiş işlarini bir oyda yakunlaş topşirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar