“Kino 5 kunda” tanlovida suratga olingan filmlar namoyish etiladi

Biznes 3039
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidan qiziqarli tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar davom etadi.

Ertaga kunning birinchi qismida “O‘zbekfilm” kinokonsernida “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan kinofestival doirasida o‘tkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida o‘zbek va xorijlik yosh rejissyorlar suratga olingan qisqa metrajli filmlarning namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida 25 ta qisqa metrajli filmlar suratga olingan. Unda Germaniya, Ispaniya, Tojikiston, Armaniston, Rossiya va boshqa mamlakatlardan kelgan yosh rejissyorlar ishtirok etgan.

Shuningdek, taniqli rus teatri va kinoaktrisasi Ravshana Kurkova bilan yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darsi tashkil etiladi. Ma’lumot uchun, Ravshana Kurkova Toshkentda tug‘ilgan bo‘lib, hozirda Rossiya Federatsiyasida ijod qiladi.

Kinofestivalning taniqli xorijiy mehmonlari Lyuk Besson hamda Randhir Kapur bilan OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar va yoshlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.

Kunning ikkinchi qismida zamonaviy kinotexnologiyalarga oid davra suhbati, shundan so‘ng rossiyalik ijodkorlarning yangi filmlari namoyish etiladi va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Kechki dasturdan Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professional kinooperator Sergey Machilskiyning mahorat darslari o‘rin olgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 12
Reyting: 3.1
t
×